Falastin tashqi ishlar vazirligi bu tinchlik muzokaralari uchun yomon oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligini bildirdi.
Isroil Iordan daryosining G‘arbiy sohilida 1300ga yaqin uy qurilishi bo‘yicha tender e'lon qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Tenderda falastinliklarning etnik yerlari – G‘arbiy sohilda yangi uylar qurish ko‘zda tutilgan. Falastin tashqi ishlar vazirligi bu tinchlik muzokaralari uchun yomon oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligini bildirdi.
Bundan tashqari, kelgusi haftada Isroil hukumatining rejalashtirish qo‘mitasi G‘arbiy sohilda yana uch mingga yaqin uy qurish bo‘yicha takliflarni muhokama qiladi.
O‘z navbatida, AQSh davlat departamenti Isroilning bu rejalari keskinlikni kuchaytirishi mumkinligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, may oyida Isroil va HAMAS o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tgan, 300ga yaqin kishi halok bo‘lgandi.