12:35 / 27.10.2021
4300
Iroqda IShID jangarilari hujumi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

Iroqda IShID jangarilarining qishloqlardan biriga hujum qilishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi. Iroq xavfsizlik kuchlarida ma'lum qilinishicha, mamlakat sharqidagi Diyola viloyatidagi qishloqqa hujum qilingan. 

Foto: Shafaq News

Shuningdek, 13 kishi yaralangan. Manbalardan birining xabar berishicha, qishloqda xavfsizlik xizmatining ko‘plab xodimlari yashagan.

Ayni vaqtda qishloq qo‘riqlov ostiga olingan, hujum qilganlar izlanmoqda.

Avvalroq Iroq hukumati mamlakatda IShID 2017 yilda tor-mor etilganini ma'lum qilgan. Biroq BMTning 2021 yil uchun hisobotida ta'kidlanishicha, Iroq va Suriyada hamon IShIDning 10 mingga yaqin faol jangarisi bor.  

Mavzuga oid
Top