12:24 / 27.10.2021
1566
Surxondaryoda o‘zaro janjal vaqtida ayol erini pichoqlab og‘ir tan jarohati yetkazdi

Surxondaryo viloyati Bandixon tumanida o‘zaro janjal oqibatida ayol erini pichoqlab og‘ir tan jarohati yetkazgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

2021 yil 11 oktyabr kuni Surxondaryo viloyati Bandixon tumanida o‘zaro janjal oqibatida ayol erini pichoqlab og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 11 oktyabr kuni soat 9:00 larda Bandixon tumanda yashovchi I.N. uyida eri I.S. haqoratlab bezovta qilgani sababli o‘zaro janjallashib qolgan.

Shundan so‘ng I.N. erini stol ustida turgan oshxona pichog‘i bilan o‘ng biqin sohasiga bir marotaba sanchib I.S.ga og‘ir tan jarohati yetkazgan. I.S. tan jarohati oqibatida kasalxonaga tushgan.

Qayd etilishicha, 11 oktyabr kuni I.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-modda 2-qismi «l» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top