16:49 / 27.10.2021
5140
Xitoyda osmono‘par binolar qurishga cheklov kiritildi

Aholisi 3 mln kishidan kam bo‘lgan shaharlarda balandligi 250 metrdan yuqori bo‘lgan binolar qurish taqiqlanadi. Balandligi 150 metrdan yuqori bo‘lgan binolar mahalliy hokimiyatlarning qat'iy nazorati ostida quriladi.

Foto: REUTERS/Jason Lee

Xitoy hukumati yangi osmono‘par binolar qurilishiga nisbatan cheklovlar kiritdi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar bermoqda.

Endilikda aholisi 3 mln kishidan kam bo‘lgan shaharlarda balandligi 250 metrdan yuqori bo‘lgan binolar qurish taqiqlanadi. Balandligi 150 metrdan yuqori bo‘lgan binolar mahalliy hokimiyatlarning qat'iy nazorati ostida quriladi.

Aholisi 3 mln kishidan ko‘p bo‘lgan shaharlarda balandligi 500 metrdan yuqori bo‘lgan binolar qurilishi taqiqlanadi, balandligi 250 metrdan yuqori bo‘lgan binolar hokimiyat nazorati ostida bunyod etiladi.

Shuningdek, tarixiy mavzelarda, madaniy yodgorliklar yaqinida va tig‘iz harakat mavjud rayonlarda baland binolar qurish taqiqlandi.

Top