20:51 / 28.10.2021
2619

Aholining issiqlik energiyasidan 2,1 trln so‘m qarzi borligi ma'lum qilindi

O‘zbekistonda aholining issiqlik energiyasidan 2 trln 100 mln so‘m qarzdorligi bor. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Qurbon Tursunov ma'lum qildi.

Qurbon Tursunov /Foto: AOKA

Qayd etilishicha, respublika bo‘yicha yetkazib berilgan issiqlik energiyasi uchun aholining debitor qarzdorligi 2 trln 100 mln so‘mga teng.

“Issiqlik ta'minoti korxonalarining gaz, elektr va sovuq suvdan qarzi ikki yarim trillion so‘mni tashkil etmoqda. 20 ta issiqlik ta'minoti korxonasi joylarga chiqib, aholiga tushuntirish ishlarini olib bormoqda. Iloji bo‘lmagan hollarda yozma ogohlantirishlar taqdim etmoqda, sud organlariga murojaat qilib, majburiy tartibda undirish choralari ko‘rilmoqda”, dedi Qurbon Tursunov.

Bildirilishicha, aholining to‘lov intizomiga amal qiladigan qismi 50-60 foizdan iborat. Qolgan 35-40 foiz aholiga shu kabi choralar ko‘rilmasa, to‘lovni undirish imkoniyati chegaralangan.

Avvalroq, Toshkent shahar issiqlik ta'minoti Fransiya kompaniyasiga 30 yilga berilayotgani xabar qilingandi

Top