06:32 / 28.10.2021
10173

«Barselona» Kumanni iste'foga chiqardi

Foto: Reuters

«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman o‘z lavozimini tark etdi. 

Kataloniya klubi La Liga 11-turi doirasida «Rayo Valekano»dan (0:1) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng 58 yoshli mutaxassising iste'fosini e'lon qildi. 

Niderlandiyalik murabbiy 2020 yil yozida «ko‘k-anorranglilar» ustoziga aylangandi. 

«Barsa» Kuman qo‘l ostida o‘tgan mavsumda Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritdi, YeChLni 1/8 finalda tark etdi, La Ligada 3-o‘rinni egallagandi. Bu mavsumda esa klub 15 ochko bilan 9-pog‘onani egallab turibdi.

Top