09:45 / 28.10.2021
11679
O‘zbekistonga Xitoydan qariyb 500ta elektromobil olib kelindi

9 oyda 558ta elektromobil import qilindi, elektromobil importi qariyb 7 baravarga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Foto: EPA

Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonga 9ta xorijiy davlatdan qiymati 10,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 558ta elektromobil import qilingan.

Elektromobil importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 476taga yoki qariyb 7 baravarga oshgan.

2021 yilning 9 oyida O‘zbekiston asosan quyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:

  • Xitoy – 499ta;
  • Turkiya – 24ta;
  • Litva – 13ta; 
  • Germaniya – 8ta;
  • AQSh – 6ta;
  • Koreya – 5ta;
  • Ispaniya – 1ta;
  • Rossiya – 1ta;
  • Hongkong – 1ta.

2021 yilning sentabr oyida O‘zbekiston xorijdan 57ta elektromobil import qilgan.

Shu bilan birga, O‘zbekistonda sentabr oyidagi elektromobillar xaridi uchun 1,3 mln AQSh dollari sarflangan.

Top