20:44 / 28.10.2021
15240
Xiaomi Redmi Note 11 smartfonlarining yangi avlodini taqdim etdi

Smartfonlar tezkor xotirasi 4, 6 yoki 8 GB, doimiy xotirasi esa 128 yoki 256 GBni tashkil etadi. 

Foto: Redmi

Xiaomi kompaniyasi Redmi Note 11 Pro va Redmi Note 11 Pro+ smartfonlarini taqdim etdi.

Qurilmalar Android 11 operatsion tizimiga asoslangan MIUI 12.5 qobig‘ida ishlaydi.

Redmi Note 11 Pro va Redmi Note 11 Pro+ avtonomlik ko‘rsatkichini hisobga olmaganda bir xil.

Birinchi qurilma hajmi 5160 mAs, ikkinchisi esa 4500 mAs akkumulyator bilan jihozlangan. 

Smartfonlar tezkor xotirasi 4, 6 yoki 8 GB, doimiy xotirasi esa 128 yoki 256 GBni tashkil etadi. 

Har ikki model 6,67 dyuymli AMOLED-displey, Gorilla Glass 5 himoya oynasi va 5G tizimida ishlaydigan MediaTek Dimensity 920 protsessoriga ega.

Smartfonlar IP53 standarti bo‘yicha chang va suvdan himoyalangan. Har ikki qurilmada JBL stereodinamiklari, audiojyek, barmoq izlari skaneri, infraqizil port, NFC va Wi-Fi 6 bor.

Orqa fotokamerasi 108 megapikselli bo‘lib, old kamerasi 16 megapikselga teng.

Redmi Note 11 Pro 250 dollardan 330 dollargacha, Redmi Note 11 Pro+ 300 dollardan 360 dollargacha narxda sotuvga chiqadi.

Mavzuga oid
Top