21:10 / 29.10.2021
19161

Britaniya kompaniyasi 15 dollarlik mikrokompyuterni namoyish qildi

Foto: Raspberry

Mikrokompyuterlar ishlab chiqaruvchi Raspberry Pi Foundation britan kompaniyasi bir platali Raspberry Pi Zero 2 W kompyuterini namoyish qildi. E'tiborlisi, yangi kompyuter bor-yo‘g‘i 15 dollar turadi.

Raspberry Pi Zero 2 W’ning 2015 yilda chiqarilgan avvalgi modelga nisbatan ko‘rsatkichlari ancha yaxshilangan. Jumladan, yangi modelning unumdorligi 5 marta oshgan.

Mikrokompyuter 64 bitli 4 yadroli Broadcom BCM2710A1 protsessorida ishlaydi. Shuningdek, qurilma LPDDR2 standartidagi 512 Mb tezkor xotira, mini-HDMI, USB, microUSB razyomlari bilan jihozlangan. Bundan tashqari, u Bluetooth 4.2 va Wi-Fi 802.11n simsiz aloqa standartlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Kompaniya kompyuter ishlash jarayonida qizib ketmasligiga va'da bermoqda. Undagi mis qatlamidan tayyorlangan radiator plataning sovishini ta'minlaydi.

Mikrokompyuterga kompaniya saytida buyurtma berish mumkin. Uning bazaviy versiyasi narxi 15 dollar turadi.

Mavzuga oid
Top