17:46 / 29.10.2021
9745

«Kalmar o‘yini» kriptovalutasi 2300 foizga qimmatlashdi

1 sent atrofida sotila boshlagan «Kalmar» kriptovalutasi qisqa vaqt ichida 2,34 dollarga ko‘tarildi.

Foto: Netflix

Netflix platformasi orqali namoyish etilgan va butun dunyoda mashhur bo‘lib ketgan «Kalmar o‘yini» serialining kriptovalutasi chiqarildi.

«Kalmar» kriptovalutasi seshanba kuni 1 sent atrofida sotilgan bo‘lsa, juma kuni uning narxi 2,34 dollarga ko‘tarilgan.

Narxlarning keskin ko‘tarilishi natijasida kriptovalutaning bozor kapitallashuvi 184 million dollarga yetdi.

«Bunday tangalar investorlarni tezda hayajonlantiradi, bu esa vahshiyona oshirilgan narxlarga olib keladi. Natijada bu kabi chayqovchilikka berilib ketgan sodda chakana investorlar katta yo‘qotish xavfiga duch kelishadi», deydi Kornel universiteti iqtisodchisi Esvar Prasad.

Ma'lumot uchun, Janubiy Koreyaning «Kalmar o‘yini» serialida ijtimoiy tengsizlik g‘oyasi ifoda etilgan bo‘lib, voqealar zamonaviy Seulda yuz beradi. 456 kishidan iborat guruhga yirik miqdordagi mablag‘ni yutib olish imkoniyatini beruvchi bolalar o‘yinlarini o‘ynash taklif etiladi, ammo o‘yinda yutqazganlar hayot bilan vidolashishiga to‘g‘ri keladi.

Bloomberg ma'lumotlariga ko‘ra, koreys seriali Netflix tomonidan 21,4 million dollarga xarid qilingan va kompaniya serial orqali 900 million dollarga yaqin foyda ko‘rgan. 

Top