18:07 / 29.10.2021
7479
O‘rmonlar chiqindilardan himoya qilmaydimi? Qo‘riqxonalar nega CO2 yutmasdan, aksincha uni chiqarmoqda?

YuNeSKOning 257ta o‘rmon qo‘riqxonalaridan o‘ntasi so‘nggi 10 yil ichida zaharli karbonat angidrid gazi chiqaruvchi manbaga aylandi.

ANDREAS BRINK

Bunga o‘rmon yong‘inlari aybdor. Yong‘inlar uglerodning atmosferaga tarqalishiga olib keladi, bu esa isish va yangi yong‘inlarni keltirib chiqaradi. YuNeSKO qo‘riqxonalari tarmog‘ining atmosfera ifloslanishiga qarshi kurashishdagi samaradorligi to‘g‘risida ilk bor batafsil ma'lumot olindi.

«Ilgari umumiy maydoni Germaniya hududidan ikki barobar ko‘proq bo‘lgan ushbu o‘rmonlar yutadigan karbonat angidrid gazi miqdorini faqat taxmin qilish mumkin edi», deyiladi YuNeSKOning yangi hisobotida.

Hujjatda keltirilgan 10ta qo‘riqxona orasida Rossiyaga tegishlisi ham mavjud. Aniqrog‘i rus-mo‘g‘ul qo‘riqxonasi. Bu «Ubsunurskaya kotlovina» davlat qo‘riqxonasi bo‘lib, Rossiyaga tegishli qismi Tuva respublikasi hududida joylashgan.

Tadqiqotchilar ayrim tasalli beruvchi ma'lumotlarga ham ega – YuNeSKO zaxiralari karbonat angidridni samarali o‘zlashtiradi. So‘nggi 20 yil ichida ushbu 69 million gektar o‘rmon yiliga 190 million tonna karbonat angidrid gazini yutgan.

«Bu Britaniyada qazib olinadigan yonilg‘ini yoqishdan chiqadigan chiqindining deyarli yarmi. Ilgari iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda o‘rmonlarning o‘rni haqida bizda batafsil ma'lumot mavjud emasdi», deydi hisobot mualliflaridan biri Karvalo Resende.

Biroq o‘rmonlar uchun tahdidlar ko‘p. Hisobotda noqonuniy kesishdan tortib, isish sababli yanada ko‘proq sodir bo‘layotgan yong‘inlargacha bo‘lgan xavf omillari keltirilgan.

Kaliforniya xiyobonidagi sekvoyya - Yer yuzidagi eng keksa daraxtlardan biri o‘rmon yong‘ini qurboni bo‘ldi
DAVID GELDHOF

Qo‘riqxonalar qancha uglerod chiqarishini aniqlash uchun olimlar yerdagi o‘lchamlardan tashqari sun'iy yo‘ldosh ma'lumotlaridan ham foydalanishdi. Tadqiqot natijasida 2001 yildan 2020 yilgacha chiqindilar va karbonat angidrid gazining saqlanishi dinamikasini yillar bo‘yicha aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi.

Ma'lum bo‘lishicha, o‘nta qo‘riqxona ushbu davrda chiqarganidan ko‘ra ko‘proq uglerod saqlagan. Gap turli qit'alarda joylashgan hukumatlar tomonidan maxsus qo‘riqlanadigan hududlar haqida bormoqda. «Shunga qaramay, ular juda katta bosim ostida», deydi doktor Resende.

Kanadadagi Pimachyovin Aki qo‘riqxonasi / HIDEHIRO OTAKE

Qo‘riqxonalarga bo‘ladigan tahdidlar tabiiy va texnogen xarakterga ega.

Boshi berk ko‘cha

Hisobot mualliflari kuzatuvlaridan ma'lum bo‘lishicha, 2010-yillar o‘rtalaridan (taxminan 2015-2016 yillardan boshlab) qo‘riqxonalarda o‘rmon yong‘inlari tez-tez sodir bo‘la boshladi. Olimlar bu hodisani global isish va qurg‘oqchilik bilan bog‘lashmoqda. Tadqiqotchilar 2016-2017-yillarda Sibirda va 2019-2020-yillarda Tasmaniyada bo‘lgan yong‘inlarni misol tariqasida keltirishgan. Mazkur yong‘inlardan har biri mamlakatning o‘rtacha miqdordagi yillik chiqindilari darajasida karbonat angidrid ajralishiga sabab bo‘lgan.

Olimlarning ta'kidlashicha, ilgari yong‘inlar kam kuzatilgan tropik hududlarda ham yong‘inlar ko‘paymoqda. Yong‘inlar har doim ham tabiiy sabablar tufali yuzaga kelmayapti.

«Masalan, yong‘in qo‘riqlanadigan hudud tashqarisida yuzaga kelib, keyin uning hududiga o‘tishi mumkin. O‘rmonlarni noqonuniy kesish, ferma qurish uchun tozalash va shunga o‘xshash faoliyatlar kabi inson omili o‘rmonlar uchun asosiy tahdid bo‘lib qolmoqda», deydi doktor Resende.

Yong‘inlar atmosferaga karbonat angidrid chiqarilishi sababchisiga aylanmoqda, bu esa isish va yangi yong‘inlarga olib keladi. «Bu boshi berk ko‘cha», - deydi Resende.

Kislorod o‘rniga ko‘proq karbonat angidrid ajratuvchi YuNeSKO qo‘riqxonalar: 

  • Sumatradagi Tropik yomg‘ir o‘rmoni, Indoneziya
  • Rio-Platano qo‘riqxonasi, Honduras
  • Yosemiti milliy bog‘i, AQSh
  • Uoterton-Glesiyer bog‘i, Kanada va AQSh
  • Maxonjva tog‘i, JAR
  • Kinabalu bog‘i, Malayziya
  • «Ubsunurskaya kotlovina» qo‘riqxonasi, Rossiya va Mo‘g‘uliston
  • Katta kanon qo‘riqxonasi, AQSh
  • Moviy tog‘, Avstraliya
  • Morn-Trua-Piton, Dominika.
Mavzu
Iqlim o‘zgarishlari
Iqlim o‘zgarishlari natijasida Yer yuzining turli nuqtalarida ekstremal ob-havo kuzatilmoqda.
Barchasi
Top