17:53 / 29.10.2021
2552

Qo‘ng‘irotda qo‘lbola alkogol mahsulotlarini sotayotgan korxona rahbari ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nukus shahar va Qo‘ng‘irot tumani bo‘limlari tomonidan “Nukus vino zavodi” AJning murojaatiga asosan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, Qo‘ng‘irot tumanida faoliyat yurituvchi “D.S.” xususiy korxonasi rahbari A. fuqaro F.ga 144 dona qalbaki aksiz markalar bilan yelimlangan «Qaratau» nomli alkogol mahsulotini 2,4 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. Undan jami 156 dona alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Oldinroq Nukusda qo‘lbola usulda «Qaratau» tayyorlab sotayotgan shaxs qo‘lga olingandi.

Top