11:09 / 30.10.2021
45865
Dubay shahzodasi Navoiyda lochin bilan tuvaloq ovlagan videosini ulashdi

Dubay shahzodasi Shayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum o‘zining Instagram sahifasida Navoiydagi ov jarayonlari videosini ulashdi. Video bir necha hafta oldin olingan.

Navoiy shahridan 50 kilometr uzoqlikdagi, Birlashgan Arab Amirliklariga qarashli tuvaloq asrash maskanida olingan videoda shahzodaga qarashli lochinlar hududda tuvaloqni tutishi jarayoni aks etgan.

Muhammad Ol Maktum o‘tgan yili ham aynan oktyabr oyida Navoiyga kelgandi.

Markaz Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Rashid Ol Maktum tashabbusi bilan 2008 yilning aprel oyida tashkil etilgan. Shahzoda Hamdan lochinlar bilan shu hududda tuvaloq ovlaydi.

Foto: Instagram/faz3
Foto: Instagram/faz3
Foto: Instagram/faz3

Joriy yil oktabr oyida Navoiy viloyatida Qizil kitobga kiritilgan 1 070 ta yo‘rg‘a tuvaloq ochiq tabiatga qo‘yib yuborilgandi.

Sentabr oyida Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazida yetishtirilgan 1 070 ta yo‘rg‘a tuvaloq viloyatning Tomdi, Uchquduq va Konimex tumanlari cho‘l hududlarida yovvoyi tabiatga uchirilgan. 

Mavzuga oid
Top