18:44 / 30.10.2021
10088
Isroil Suriyaga raketa hujumi uyushtirdi

Isroil Falastinning shimoliy tarafidan «yer-yer» sinfidagi raketalar bilan muhim ahamiyatga ega obektlarga hujum uyushtirgan.

Foto: AP

Suriya poytaxti Damashq shahri yaqiniga Isroil tomonidan raketa hujumi amalga oshirildi. Suriya havo hujumidan mudofaa tizimlari Isroil zarbalarini qaytarmoqda, deb xabar berdi SANA agentligi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Isroil Falastinning shimoliy tarafidan «yer-yer» sinfidagi raketalar bilan muhim ahamiyatga ega obektlarga zarba bergan.

«Havo hujumidan mudofaa tizimlarimiz hujumni qaytardi va bir nechta raketani urib tushirdi», — deyiladi agentlik xabarida.

Xabarga qo‘shimcha qilinishicha, ikki nafar harbiy yaralangan.

Mavzuga oid
Top