00:05 / 31.10.2021
11228
APL. Ronaldu Sulsherni qutqardi, «Siti»da sensatsion mag‘lubiyat, «Liverpul»da durang, «Chelsi»da yirik g‘alaba va boshqa natijalar
Foto: Reuters

30 oktabr, shanba kuni APL 10-turi doirasida 7ta uchrashuv o‘tkazildi.

Turning sensatsion natijasi «Manchester Siti» va «Kristal Pelas» o‘rtasida kuzatildi. Gvardiola shogirdlari muxlislari qarshisida mag‘lubiyatga uchradi. Zaha 6-daqiqadayoq hisobni ochgan bo‘lsa, Gallaxer 88-daqiqada «Siti» darvozasiga ikkinchi golni yo‘lladi. Shu kuni mezbonlar safida Laport 45-daqiqada maydondan chetlatildi.

Yana bir kutilmagan natijalardan biri «Enfild»da kuzatildi. «Liverpul» o‘tgan turda Manchesterdan yirik hisobdagi g‘alaba bilan qaytgan bo‘lsa, bugungi o‘yinda «Brayton»ni mag‘lub eta olmadi. Klopp jamoasi 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘ldan chiqarishdi. Mvepu va Trossardning gollari mehmonlarga durang keltirdi – 2:2.

«Chelsi» himoyachi Jyeymsning dubli evaziga «Nyukasl»ni yirik hisobda mag‘lub etgan bo‘lsa, «Sauthempton» va «Byornli» ham o‘z hisobiga uch ochko yozib qo‘ydi.

Kunning so‘nggi uchrashuvi «Tottenhem» va «MYu» o‘rtasida Londonda o‘tdi. Mehmonlarning ushbu uchrashuvdagi mag‘lubiyati Sulsherning iste'fosi bilan tugashi haqida xabarlar bor edi. Shu kuni mehmonlar avvalgidek 4-4-2 emas, 5-3-2 sxemasida maydonga tushishdi va pozitsion hujumlarga e'tibor qaratishdi.

Uchrashuvning 39-daqiqasida Brununing uzatmasidan keyin Ronaldu ajoyib zarbasi bilan hisobni ochib, APLdagi 5 o‘yinlik golsiz seriyasiga barham berdi – 1:0. 64-daqiqada esa Ronalduning assistidan keyin Edinson Kavani yakkama-yakka vaziyatda Lorisga imkoniyat qoldirmadi – 2:0. Ronalduning o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Reshford Matichning 86-daqiqadagi uzatmasini golga aylantirib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi – 3:0. Bu g‘alaba Sulsherning yana lavozimida qolishini ta'minladi.

Shu tariqa, «Chelsi» 25 ochko bilan yaqqol peshqadamga aylandi, «Liverpul» 22 ochko bilan 2-o‘rinda, «Siti» esa 20 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. «Brayton» 16 ochko bilan 6-pog‘onani egallab turibdi. «MYu» ochkolari sonini 17taga yetkazib, 5-o‘ringa ko‘tarildi. «Tottenhem» esa 15 ochko bilan 8-pog‘onada bormoqda.

APL. 10-tur. 30 oktabr

Manchester Siti – Kristal Pelas 0:2
Gollar:
0:1 – 6 Zaha, 0:2 – 88 Gallaxer.
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Laport, Ruben Diash, Joau Kanselu (Marez, 78), de Bryuyne (Stounz, 59), Bernardu Silva, Rodri, Grilish (Sterling, 78), Foden, Gabriel Jyezus.
Kristal Pelas – Guaita, Uord, Andersen, Gexi, Mitchell, Kuyate, Makartur, Gallaxer, Ayyu (Benteke, 65), Zaha, Eduar (Shlupp, 73).
Chetlatish: Laport (45).

Liverpul – Brayton 2:2
Gollar:
1:0 – 4 Henderson, 2:0 – 24 Mane, 2:1 – 41 Mvepu, 2:2 – 65 Trossard.
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Konate, Roberson, Xenderson, Keyta (Oksleyd-Chemberlen, 20), Djons (Minamino, 87), Firmino (Diogu Jota, 78), Saloh, Mane.
Brayton – Sanches, Veltman, Daffi, Dank, Kukurelya, Lallana (Gross, 77), March, Moder (Lempti, 66), Bissuma (Mak Allister, 60), Mvepu, Trossard.

Nyukasl – Chelsi 0:3
Gollar:
0:1 – 65 Jyeyms, 0:2 – 77 Jyeyms, 0:3 – 81, penalti Jorjino.
Nyukasl – Darlou, Mankilo, Klark, Lassels, Kraft, Ritchi, Freyzer (Uillok, 66), Xeyden (Almiron, 67), Longstaff (Shelvi, 81), Sen-Maksimen, Uilson.
Chelsi – Mendi, Jyeyms, Tiago Silva, Ryudiger, Kristensen, Chiluell, Jorjino, Kante (Loftus-Chik, 64), Ziyosh (Barkli, 64), Haverts, Hadson-Odoi.

Bernli – Brentford 3:1
Gollar:
1:0 – 4 Vud, 2:0 – 32 Louton, 3:0 – 36 Korne, 3:1 – 79 Goddos.
Bernli – Poup, Louton, Mi, Tarkovski, Teylor, Gudmundsson, Vestvud, Braunxill, Vud, Korne (Vidra, 68), Maknil.
Brentford – Alvaro Fernandes, Yorgensen, Yansson, Pinnok, Genri, Kanos (Roerslev, 77), Nergor, Yyensen (Yanelt, 68), Oneka (Goddos, 58), Touni, Forss.

Uotford – Sauthempton 0:1
Gol:
0:1 – 20 Adams.
Uotford – Foster, Ketkart, Trost-Ekong, Mazina, Sissoko, Kutska, Ngakia (Fletcher, 82), Sarr, King, Joao Pedro (Kleverli, 46), Ernandes (Sema, 46).
Sauthempton – Makkarti, Livramento, Bednarek, Salisu, Uoker-Piters, Elyunussi (Armstrong, 70), Redmond, Romeu, Uord-Prouz (Diallo, 80), Armstrong, Adams.

Tottenhem – Manchester Yunayted 0:3
Gollar:
0:1 – 39 Ronaldu, 0:2 – 64 Kavani, 0:3 – 86 Reshford.
Tottenhem – Loris, Emerson, Dayyer, Romero, Devis, Son Hyon Min, Lukas Moura (Bergveyn, 54), Heyberg, Lo Chelso (Alli, 73), Skipp (Ndombele, 66), Keyn.
Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Varan, Maguayr, Lindelef, Shou, Fred, Brunu Fernandesh (Matich, 76), Maktomini, Ronaldu (Reshford, 71), Kavani (Lingard, 82).

31 oktabr 
Norvich – Lids, Aston Villa – Vest Hem

1 noyabr 
Vulverhempton – Everton.

Top