16:56 / 31.10.2021
3498

EPSILON (EDC): Shimoliy Girsan-2 qudug‘idan chiqarilayotgan kunlik gaz hajmi 100 ming kubmetrni tashkil etdi

Foto: EPSILON

Joriy yilning 31 oktyabr kuni Shimoliy Girsan konidagi 2-sonli quduqda olib borilgan mukammal ta'mirlash ishlaridan so‘ng undan sanoat miqyosidagi gaz oqimi olindi.

Olinayotgan gazni respublika aholisiga yetkazib berish uchun 1 noyabr kuni quduq gaz uzatish tizimiga ulanadi.

Barcha ishlar sanitariya-epidemiologiya va ekologiya talablariga rioya qilgan holda amalga oshirilmoqda.

Epsilon Matbuot xizmati Ⓣ

Top