09:29 / 31.10.2021
3427
Hindiston 2022 yilda 5 milliard doza vaksina ishlab chiqarmoqchi

Hindiston 2022 yilda dunyo davlatlari uchun koronavirusga qarshi vaksinadan 5 mlrd dozadan ko‘proq ishlab chiqarmoqchi va shu sababli JSSTni hind vaksinalarini iloji boricha tezroq tan olishga chaqiradi. Bu haqda Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Rimda o‘tayotgan “Katta yigirmatalik” sammitida aytib o‘tdi.  

Foto: Reuters

“Hindiston hamisha o‘zining global majburiyatlariga jiddiy qaragan. G20 minbaridan shuni aytmoqchimanki, Hindiston kelasi yilda 5 mlrd dozadan ko‘proq vaksina ishlab chiqarmoqchi. Hindistonning bu majburiyati koronavirusga qarshi kurashda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu sababli, hind vaksinalari JSST tomonidan iloji boricha tezroq tan olinishi lozim”, deb aytgan o‘z nutqida Modi.

Uning ta'kidlashicha, kuchli farmatsevtika sanoatiga ega bo‘lgan Hindiston 150dan ko‘proq davlatga koronavirusga qarshi dori vositalarini yetkazgan. “Qisqa vaqt ichida biz Hindistonda 1 mlrd dozadan ko‘proq vaksinani aholiga kiritdik. Hindiston dunyo aholisining oltidan bir qismi orasida infeksiya tarqalishini nazoratga olib, global xavfsizlikni oshirishga o‘z hissasini qo‘shdi va virusning yanada mutatsiya qilishi imkoniyatini pasaytirdi”, deb ta'kidlab o‘tgan Hindiston bosh vaziri.

Modi, shuningdek, xalqaro tashuvlarni soddalashtirish va emlanganlik haqidagi sertifikatlarning o‘zaro tan olinishi mexanizmi masalasini ham ko‘targan. “Xalqaro safarlarning faollashuvi iqtisodiyot tiklanishi uchun zarur. Buning uchun emlanganlik haqidagi sertifikatlarning o‘zaro tan olinishini ta'minlamog‘imiz lozim”, deb ta'kidlab o‘tgan siyosatchi.

Hindiston bosh vaziri global moliyaviy strukturani adolatliroq qilish uchun G20’ning yirik korporatsiyalarga nisbatan 15 foizlik minimal soliq stavkasi kiritish qarorini ijobiy qarshilagan.

Top