16:46 / 01.11.2021
2284
Dunyo bo‘yicha koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 5 mln nafardan oshdi

Hozirda COVID-19 yurak kasalliklari va insultdan so‘ng o‘limning asosiy sababi bo‘lib turibdi.

Foto: Maksim Shemetov / Reuters

Pandemiya boshlangandan buyon o‘tgan ikki yildan kamroq vaqt davomida COVID-19 koronavirusini yuqtirish oqibatida vafot etganlar soni 5 milliondan oshdi. Bu raqam Jons Hopkins universiteti ma'lumotlarida aks etmoqda.

O‘limlarning qariyb yarmi sayyora aholisining sakkizdan bir qismi yashaydigan AQSh, YeI, Buyuk Britaniya va Braziliyaga to‘g‘ri keladi. Eng ko‘p qurbonlar AQShda – 740 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Hozirda COVID-19 yurak kasalliklari va insultdan so‘ng o‘limning asosiy sababi bo‘lib turibdi.

Associated Press agentligining yozishicha, bu raqam aslidagidan ko‘p bo‘lishi mumkin, chunki hamma ham test topshirmayapti, qashshoq mamlakatlarda esa odamlar tibbiy yordam ko‘rsatilmasdan, uyida vafot etmoqda.

Dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni esa 247 millionga yaqinlashgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top