11:34 / 01.11.2021
289
Surxondaryoda joriy yil 9 oyda MIB tomonidan davlat foydasiga 474 milliard so‘m undirilgani ma'lum qilindi

MIB Surxondaryo viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan 2021 yil 9 oy davomida davlat foydasiga 474 milliard so‘m undirilgan. Bu haqda joriy yil 29 oktyabr kuni MIB viloyat boshqarmasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilingan.

Ma'lum qilinishicha, MIB Surxondaryo viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan joriy yilning 9 oyida davlat ijrochilari ish yurituvida bo‘lgan jami 3 trillion 409 milliard 408 million so‘mlik 229 787 ta ijro hujjatlari yuzasidan majburiy ijro harakatlari o‘tkazilgan. Shundan 2 trillion 726 milliard 594,3 million so‘mlik 152 976 ta ijro hujjatlari tamomlangan. Shundan 1 trillion 19 milliard 137,8 million so‘mlik 82 395 ta ijro hujjatlarining amalda ijrosi ta'minlangan.

Qayd etilishicha, ijro hujjatlari bo‘yicha asosiy e'tibor davlat foydasiga undiruvlarga qaratilib, 66 854 ta bu turdagi ijro hujjatlari bo‘yicha 474 milliard 397,6 million so‘m undirilgan.

Jumladan:

  • Jinoyat oqibatida davlatga yetkazilgan zararlarni undirishga oid 23 ta ijro hujjati bo‘yicha 822,3 million so‘m;
  • Soliq qarzdorligini undirishga doir 14 460 ta ijro hujjati bo‘yicha 407 milliard 263,7 million so‘m;
  • Jinoiy jarimalarni undirishga doir 129 ta ijro hujjati bo‘yicha 1 milliard 585 million so‘m;
  • Ma'muriy jarimalarni undirishga doir 36 488 ta ijro hujjati bo‘yicha 12 milliard 870,3 million so‘m;
  • Davlat boji undiruviga oid 14 578 ta ijro hujjatlari bo‘yicha 20 milliard 202,4 million so‘m undirilgan.

Davlat foydasiga undirilgan mablag‘lardan 18 milliard 403,5 million so‘m «Ayollar daftari», «Temir daftar» va «Yoshlar daftari»ga yo‘naltirilgan.

Top