08:22 / 02.11.2021
16193

AQShga boruvchi o‘zbekistonliklarga mamlakatga kirishda qo‘shimcha talablar qo‘yilgani eslatildi

Foto: Kun.uz

AQShga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolariga mamlakatga kirishda qo‘shimcha talab qo‘yilgani ma'lum qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

AQShning Toshkentdagi elchixonasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yil 8 noyabrdan boshlab AQShga kiruvchi xorijiy mamlakatlar fuqarolari Qo‘shma Shtatlarga jo‘nab ketayotgan samolyotga chiqishidan oldin COVID-19’ga qarshi to‘liq emlanganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishi shart.

Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markaziga ko‘ra, Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi tomonidan tasdiqlangan yoki ruxsat etilgan, shuningdek, JSST tomonidan favqulodda vaziyatlarda foydalanish uchun ro‘yxatga olingan vaksinalar Qo‘shma Shtatlarga kirish uchun maqbul deb hisoblanadi.

Bu cheklovlar immigratsiya vizasi mavjud shaxslarga, diplomatik va rasmiy kanallar orqali AQShga tashrif buyuradiganlar, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga taalluqli emas (qo‘shimcha ma'lumotlar elchixona saytida mavjud).

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi AQShga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolariga yuqoridagi talablarni inobatga olishni tavsiya qilgan.

Mavzuga oid
Top