15:06 / 02.11.2021
7278

Bishkekda o‘tkazilgan Qur'on musobaqasi sovrindoriga 1 yillik o‘quv shartnoma puli to‘lab berildi

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan xalqaro Qur'on musobaqasida 3-o‘rinni egallagan Habibulloh qori Olimjonovga mukofot sifatida bir yillik o‘quv shartnoma puli (13 974 000 so‘m) to‘lab berildi. Bu haqda Musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun, 2 noyabr kuni Toshkent islom institutida bo‘lib o‘tgan taqdirlash tadbirida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov g‘olibga o‘quv shartnomasi to‘langanligi yorlig‘ini topshirdi. «Qur'on va tajvidni o‘rgatish» bo‘limi, Toshkent islom instituti jamoasi tomonidan ham Habibulloh qori Olimjonov va uning ota-onasi, ustozlariga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

Shuningdek, marosimda «Qur'on va tajvidni o‘rgatish» bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori Fayzulla Maxdum o‘g‘li ham so‘zga chiqib, institut jamoasini munosib g‘alaba bilan muborakbod etish asnosida xalqaro Qur'on musobaqalarida ishtirok etish mahorati haqida so‘zlab berdi.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 oktabr kuni Toshkent islom instituti talabasi Habibulloh qori Olimjonov Qirg‘iziston poytaxtida MDH respublikalari Qur'on hofizlari ishtirokida o‘tkaziladigan Xalqaro Qur'oni karim musobaqasida faxrli uchinchi o‘rinni egallagani xabar qilingan edi.

Mavzuga oid
Top