15:03 / 02.11.2021
5911

Bolgariya Turkiya bilan chegaraga yuzlab harbiylarini jo‘natdi

Bolgariya IIVning ma'lumot berishicha, yil boshidan buyon 6,5 mingdan ziyod kishi chegarani noqonuniy kesib o‘tgan. Bu 2020 yilning 9 oyida o‘tgan nolegallar sonidan uch baravarga ko‘pdir.

Foto: TASS

Bolgariya Turkiya bilan chegarasiga 350 nafar harbiy jo‘natdi. Ular noqonuniy migrantlar oqimini to‘xtatishda politsiyaga yordam beradi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Georgi Panayotov ma'lum qildi.

“Bugun askarlar politsiyachilarni qo‘llab-quvvatlash uchun Bolgariya–Turkiya chegarasiga yetib keldi”, – dedi vazir va chegaraga 40 ta texnika ham joylashtirilganini qo‘shimcha qildi.

Bolgariya IIVning ma'lumot berishicha, yil boshidan buyon 6,5 mingdan ziyod kishi chegarani noqonuniy kesib o‘tgan. Bu 2020 yilning 9 oyida o‘tgan nolegallar sonidan uch baravarga ko‘pdir.

Bolgariya Turkiya bilan 260 kilometrli chegaraga ega.

Top