07:36 / 02.11.2021
3167

Facebook ijtimoiy tarmoqdagi «zararli kontent»ni o‘zlari belgilashi uchun Qozog‘iston hukumatiga ruxsat berdi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i Qozog‘iston hukumatiga kontent haqida ichki bildiruv tizimi (CRS)ga to‘g‘ridan to‘g‘ri eksklyuziv ruxsat bermoqda. Bunga sabab qilib «Internetda bolalar huquqini himoya qilishga yo‘naltirilgan, zararli kontentlarga qarshi kurashish» ko‘rsatilmoqda.

Foto: stock.adobe.com

Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Axborot va jamoatchilik taraqqiyoti vazirligi xabar qilmoqda.

Qozog‘iston Facebook’ning CRS tizimiga ulangan Markaziy Osiyodagi ilk davlat bo‘ldi. Vazirlikning qayd etishicha, ular allaqachon kontent siyosatiga javob beruvchi to‘g‘ridan to‘g‘ri kanalga ulanishgan.

28 oktyabr kuni Facebook vakillari CRS bilan ishlash bo‘yicha Qozog‘iston axborot vazirligi mutaxassislariga trening o‘tishgan. Vazirlik tizim bilan ishlashga noyabr oyining boshidan kirishishni rejalashtirayotgan edi.

Qozog‘iston parlamenti sentyabr oyida ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarni mamlakat hududida vakolatxona ochishga majburlovchi qonun loyihasini birinchi o‘qishdayoq qabul qilgan edi. Mualliflar qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish zaruriyatini kiberbullingga qarshi kurash bilan asoslashgan edi.

Mavzuga oid
Top