18:39 / 02.11.2021
4682

Yahoo “vaziyat borgan sari qiyinlashayotgani sababli” Xitoyni tark etishga qaror qildi

Kompaniya foydalanuvchilarning erkin va ochiq internetdan foydalanish huquqlariga sodiq qolishini qo‘shimcha qilgan.

Foto: AP

Amerikaning Yahoo internet-kompaniyasi Xitoydagi faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi, deb xabar bermoqda AP.

“Xitoydagi biznes va qonunchilik sohasidagi vaziyat borgan sari qiyinlashayotgani sababli bundan buyon Yahoo servislari Xitoyda ishlamaydi”, — deyiladi kompaniya xabarida.

Kompaniya foydalanuvchilarning erkin va ochiq internetdan foydalanish huquqlariga sodiq qolishini qo‘shimcha qilgan.

Yahoo ilgariroq Xitoydagi faoliyatini cheklagandi. 2015 yilda uning Pekindagi ofisi yopilgan, kompaniyaning Xitoydagi musiqa servisi va Yahoo pochtasi ishi to‘xtatilgandi.

Top