19:53 / 03.11.2021
8602

«Atletiko» «Liverpul» mehmoni, Yaxshiboyev «Inter»ga qarshi, «Milan»da so‘nggi imkoniyat. Chempionlar ligasi 4-tur anonsi

Foto: Getty Images

3 noyabr, chorshanba oqshomida Chempionlar ligasi 4-tur bahslari ikkinchi kun o‘yinlari o‘tkaziladi. Yevropa qishki vaqtga o‘tgani sababli bedor tunlar yana bir soatga uzayadi. Turning ikkinchi kungi o‘yinlar ro‘yxatidan bir qator e'tiborli qarama-qarshiliklar o‘rin olgan. Quyida to‘rtta guruhdagi vaziyat, taxminiy tarkiblar va o‘yinlar anonsi bilan tanishtirib o‘tamiz.

Bu turda qaysi jamoalar pley-offga yo‘llanma olishi mumkin?

Chempionlar ligasi 4-tur uchrashuvlarida biryo‘la beshta klub guruh bosqichi yakunlanishidan ikki tur avval 1/8 finalga yo‘llanma olish imkoniyatiga ega. Ular orasidan «Bavariya» va «Yuventus» vazifani muddatdan oldin uddaladi. Turnirning eng sermahsul klubi «Bavariya» «Benfika»ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, «Yuventus» «Zenit» darvozasiga 4ta gol yo‘llab, pley-offga chiqdi.

Shuningdek, 4-turdagi 3 ochko «Liverpul» va «Ayaks»ga ham nimchorakfinal yo‘llanmasini taqdim etadi.

Foto: Getty Images

Suares «Liverpul»ga qarshi, Simeone Kloppga qo‘l uzatmaydi

«Liverpul» pley-off yo‘llanmasini bugunoq naqd qilib qo‘yishi uchun Ispaniyaning amaldagi chempioni «Atletiko»ni mag‘lub etishi shart. Ammo mersisaydlarning sobiq hujumchisi Luis Suares «Enfild Road»dagi bayramona kayfiyatni buza olishlarini yashirmadi: «Liverpul» har qancha kuchli bo‘lmasin, bu jamoaning ham nozik nuqtalari borligini yaxshi bilamiz. Bundan foydalanishimiz kerak», - deydi «Atletiko»ning urugvaylik forvardi.

Foto: AP

Qolaversa, mehmonlar ustozi Diyego Simeone o‘yindan oldin mezbon jamoa murabbiyi Yurgen Klopp bilan bu safar ham qo‘l berib ko‘rishmasligi haqida ma'lum qilgach, bu ham intrigaga sabab bo‘lmoqda. 

Yaxshiboyev «Inter» bilan o‘yinga tayyormi?

Chempionlar ligasi 4-turi doirasidagi «Sherif» - «Inter» uchrashuvidan oldin moldovaliklar bosh murabbiyi Yuriy Vernidub matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘zbekistonlik hujumchi Jasur Yaxshiboyevning jismoniy holati va o‘yinga tayyorgarligi haqidagi savolga javob qaytardi. 

«Yaxshiboyev asosiy tarkibda maydonga tushish uchun jangovar shay holatda. U o‘yinni startda boshlash va maksimum o‘ynash uchun bahsni sabrsizlik bilan kutmoqda», - deydi «Sherif»ning ukrainalik bosh murabbiyi. 

Foto: Getty Images

Oktabr oyida jarohati sababli qariyb bir oy maydonga tusha olmagan Jasur Yaxshiboyev «Sherif»ning YeChL 3-turi doirasida Italiyada o‘tgan «Inter»ga qarshi uchrashuvini (1:3) o‘tkazib yuborgandi. 2-tur doirasidagi «Real» bilan bahsda esa gol muallifiga aylangan edi. 

«Sherif» «D» guruhida 3 o‘yindan keyin 6 ochko bilan 1-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, «Real» ham 6 ochko to‘plagan holda o‘zaro o‘yindagi mag‘lubiyatga ko‘ra 2-o‘rinda qayd etilgan. «Inter»da 4, «Shaxtyor» hisobida 1 ochko bor. 

Guruhlardagi vaziyat qanday? 

A guruhi: «Leypsig» (0) - «Pari Sen-Jyermen» (7), «Manchester Siti» (6) - «Bryugge» (4)

- «Leypsig» «PSJ»ga mag‘lub bo‘lgan taqdirda yoki durang qayd etsa ham, «Manchester Siti» «Bryugge»dan ustun kelsa, nemis klubi guruhdan chiqish imkoniyatini yo‘qotadi. Jamoada kurashni Yevropa ligasida davom ettirish imkoniyati qoladi.

B guruhi: «Milan» (0) - «Portu» (4), «Liverpul» (9) - «Atletiko» (4)

- «Liverpul» «Atletiko»dan ustun kelsa, 1/8 finalga yo‘llanma oladi. «Portu» «Milan»ni mag‘lub eta olmasa, inglizlarni durang natija ham qoniqtiradi. 

- «Milan» «Portu»ga mag‘lub bo‘lsa, guruhdan chiqish imkoniyatini butkul yo‘qotadi. «Rossonerlar» durang qayd etgan taqdirda ham «Atletiko» «Liverpul»ni mag‘lub etsa, Pioli jamoasi yo‘llanmasiz qoladi. «Atletiko» Angliyadan g‘alaba bilan qaytsa va «Milan» mag‘lubiyatga uchrasa, italiyaliklar Yevropa ligasidan ham umidni uzishadi. 

Foto: Getty Images

C guruhi: «Borussiya» Dortmund (6) - «Ayaks» (9), «Sporting» (3) - «Beshiktosh» (0)

- «Ayaks» Dortmundda g‘alaba qozonsa, nimchorakfinalga chiqadi. «Sporting» «Beshiktosh»ni mag‘lub eta olmasa, Amsterdam klubi durang natija bilan ham pley-off yo‘llanmasini naqd qilishi mumkin.  

- «Beshiktosh» «Sporting»ga mag‘lub bo‘lsa, 1/8 finalga chiqa olmaydi. Durang qayd etgan taqdirda, «Borussiya» «Ayaks»ga yutqazmasa ham turk klubida imkoniyat qolmaydi.  

D guruhi: «Sherif» (6) - «Inter» (4), «Real» (6) - «Shaxtyor» (1)

- «Shaxtyor» «Real»ga yutqazsa va «Sherif» «Inter»ni mag‘lub etsa, Ukraina klubi YeChL pley-offidan butkul umidini uzadi. «Konchilar» har qanday holatda ham Yevropa ligasida kurashish imkoniyatini saqlab qolishadi. 

YeChL. 4-tur anonsi va taxminiy tarkiblari:

3 noyabr (chorshanba) 

«A» guruhi

«Manchester Siti» - «Bryugge»

O‘yin boshlanish vaqti: 01:00

TV-translatsiya: Match Igra

«Manchester Siti»: Ederson; Uoker, Ruben Diash, Stounz, Zinchenko; de Bryuyne, Rodri, Gyundo‘g‘an; Mahrez, Sterling, Grilish

O‘ynamaydi: Ferran Torres (jarohat)

«Bryugge»: Minole; Mata, Hendri, Sobol, Nsoki; Sova, Vanaken, Vormer, Rits; Lang, de Ketelare

O‘ynamaydi: Balanta (diskvalifikatsiya) 

«Leypsig» - «Pari Sen-Jyermen»

O‘yin boshlanish vaqti: 01:00

TV-translatsiya: Mahalla

«Leypsig»: Gulachi; Simakan, Orban, Gvardiol; Myukile, Laymer, Kampl, Anxelino; Nkunku; Andre Silva, Forsberg

O‘ynamaydi: Brobbi (mushak), Sarachchi (jarohat), Xalstenberg (jarohat), Klostermann (jarohat)

«Pari Sen-Jyermen»: Donnarumma; Hakimi, Markinos, Kimpembe, Nunu Mendesh; Veynaldum, Danilu, Guey; Di Mariya, Mbappe, Neymar

O‘ynamaydi: Ramos (jarohat), Verratti (jarohat), Paredes (jarohat), Messi (jarohat)

So‘roq ostida: Mbappe (betob) 

«V» guruhi

«Milan» - «Portu»

O‘yin boshlanish vaqti: 22:45

TV-translatsiya: Sport

«Milan»: Teterushanu; Kalabriya, Tomori, Ker, Ernandes; Kessi, Tonali; Salemakers, Braim Dias, Leau; Jiru

O‘ynamaydi: Florensi (jarohat), Menyan (jarohat), Rebich (jarohat), Plitssari (jarohat), Messias (jarohat)

«Portu»: Diogu Koshta; Zaydu, Mbemba, Pepe, Joau Mariu; Gruich, Serjiu Oliveyra, Vitinya, Otavio; Luis Dias, Toremi

O‘ynamaydi: Vendell (jarohat)

So‘roq ostida: Ivan Markano (jarohat), Uribe (jarohat) 

«Liverpul» - «Atletiko»

O‘yin boshlanish vaqti: 01:00

TV-translatsiya: Yoshlar

«Liverpul»: Alisson; Aleksander-Arnold, van Deyk, Matip, Roberson; Oksleyd-Chemberlen, Henderson, Jons; Saloh, Jota, Mane

O‘ynamaydi: Keyta (jarohat), Elliot (jarohat), Milner (jarohat)

So‘roq ostida: Fabino (jarohat), Tyago Alkantara (jarohat)

«Atletiko»: Oblak; Tripper, Felipe, Himenes, Ermoso, Karrasko; Koke, de Paul, Korrea; Joau Feliks, Suares

O‘ynamaydi: Grizmann (diskvalifikatsiya), Lemar (jarohat), Lorente (jarohat)

So‘roq ostida: Kondogbia (jarohat) 

«S» guruhi

«Sporting» - «Beshiktosh»

O‘yin boshlanish vaqti: 01:00

TV-translatsiya: -

«Sporting»: Adan; Inasiu, Koates, Feddal; Porro, Palinya, Mateus Nunes, Mateus Reys; Sarabiya, Paulinyu, Pote

So‘roq ostida: Tyagu Tomash (jarohat)

«Beshiktosh»: Ersin Destano‘g‘lu; Neydjip Uysal, Velinton, Montero, Umut Merash; Souza, Xatchinson, Aleks Teysheyra, Gezzal, Lerin; Kenan Karaman

O‘ynamaydi: Roze (jarohat), Pyanich (noma'lum), N'Kudu (jismoniy holat), Bachuayi (jarohat), Vida (jarohat) 

«Borussiya» Dortmund - «Ayaks»

O‘yin boshlanish vaqti: 01:00

TV-translatsiya: Sport2

«Borussiya»: Kobel; Mene, Akanji, Hummels, Passlak; Vitsel; Brandt, Bellingem; Roys; Azar, Malen

O‘ynamaydi: Kulibali (jarohat), Jan (mushak), Daud (jarohat), Gerreyru (mushak), Holand (jarohat), Morey (jarohat), Reyna (jarohat), Shmelser (jarohat), Shuls (mushak)

«Ayaks»: Pasveyer; Rens, Timber, Martines, Blind; Alvares, Bergxeys, Gravenberx; Antoni, Alle, Tadich

O‘ynamaydi: Klayber (jarohat), Stekelenburg (jarohat)

So‘roq ostida: Mazraui (betob), Labiad (betob) 

«D» guruhi

«Real» - «Shaxtyor»

O‘yin boshlanish vaqti: 22:45

TV-translatsiya: Mahalla

«Real»: Kurtua; Karvaxal, Eder Militao, Alaba, Mendi; Kroos, Kazemiro, Modrich; Vinisius, Benzema, Azar

O‘ynamaydi: Beyl (jarohat), Sebalos (jarohat)

So‘roq ostida: Dias (burun), Valverde (jarohat), Rodrigo (jarohat)

«Shaxtyor»: Pyatov; Dodo, Marlon, Matviyenko, Ismaili; Maykon, Stepanenko, Marko Antonio; Tete, Fernando, Solomon

O‘ynamaydi: Junior Moraes (jarohat), Traore (jarohat), Pedrino (jarohat), Konoplyanka (noma'lum)  

«Sherif» - «Inter»

O‘yin boshlanish vaqti: 01:00

TV-translatsiya: Sport

«Sherif»: Atanasiadis; Fernando, Arboleda, Dulanto, Kristiano; Addo, Till; Traore, Kolovos, Kastaneda; Jasur Yaxshiboyev

O‘ynamaydi: Nikolov (bel), Yansane (mushak), Kiabu (mushak)

So‘roq ostida: Bruno (mushak)

«Inter»: Handanovich; Shkriniar, de Vrey, Bastoni; Darmian, Barella, Brozovich, Chalxano‘g‘lu, Perishich; Jyeko, Lautaro Martines.

Mavzuga oid
Top