04:06 / 04.11.2021
9343
Gruziya prezidenti Saakashvilini hech qachon afv etmasligini aytdi

Zurabishvilining so‘zlariga ko‘ra, Saakashvili siyosiy mahbus hisoblanmaydi.

Foto: EPA

Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili sobiq prezident Mixail Saakashvilini hech qachon afv etmasligini aytdi.

"Sobiq prezidentni afv etish borasida mening pozitsiyam aniq va o‘zgarmaydi – yo‘q va hech qachon. Bu masalaga boshqa qaytmayman", - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Saakashvili siyosiy mahbus hisoblanmaydi.

"Sobiq prezident na siyosiy mahbus, na begunoh qurbon talabiga javob beradi. U mamlakatga o‘z ixtiyori va noqonuniy yo‘l bilan kelgan. Uning kelishdan maqsadi beqarorlik chiqarish bo‘lgan", - dedi Zurabishvili.

Ayni vaqtda Saakashvili Rustavi shahridagi qamoqxonada ushlab turilibdi. U Gruziyaga qaytgandan keyin 1 oktyabrda hibsga olingandi. O‘shandan beri sobiq prezident hibsga olinishiga norozilik sifatida ochlikni davom ettirmoqda.

Saakashvili vatanida bir qator jinoiy ishlar bo‘yicha maksimal 6 yillik qamoq jazosiga mahkum qilingan. 20 oktyabrda unga yana bir ayblov – Gruziya chegarasini noqonuniy kesib o‘tish ayblovi bildirilgan.

Siyosatchi ayni vaqtda Ukraina fuqarosi hisoblanadi.

Top