14:46 / 05.11.2021
2757
9 oyda qariyb 100 trillion so‘mlik davlat xaridlari amalga oshirilgan – Moliya vazirligi

Yanvar-sentabr oylaridagi jami davlat xaridlari 99 553 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.

Foto: Dreamstime

Moliya vazirligi 2021 yilning yanvar-sentabr oylari davomida amalga oshirilgan davlat xaridlari to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 9 oyi davomida budjet buyurtmachilari 44,7 trln so‘mlik, yirik davlat korxonalari 34,3 trln so‘mlik, korporativ buyurtmachilar esa 20,5 trln so‘mlik davlat xaridlarini amalga oshirgan.

Shu bilan birga, budjet buyurtmachilarining davlat budjeti hisobidan amalga oshirilgan xaridlari 27,2 trln so‘mni, budjetdan tashqari jamg‘armalari (BTJ) hisobidan amalga oshirilgan xaridlari 6,1 trln so‘mni, davlat maqsadli va boshqa maqsadli jamg‘armalari (DMJ) hisobidan amalga oshirilgan xaridlari 11,3 trln so‘mni tashkil qilgan.

Budjet buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan eng ko‘p davlat xaridlari avtomobil yo‘llari (16 foiz), sog‘liqni saqlash (13 foiz), xalq ta'limi (11 foiz) va suv xo‘jaligi (10 foiz) sohalari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Yanvar-sentabr oylaridagi jami davlat xaridlari 99 553 mlrd so‘m bo‘lgan.

Top