12:22 / 05.11.2021
11170
Dam olish kunlari sovuq havo massasi chekina boshlaydi - «O‘zgidromet»

Bugun respublikaning barcha hududlarida quruq, shamolsiz va sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba'zi joylarda changli g‘ubor bo‘ladi. 

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonning barcha hududlarida 5 noyabr, juma kuni quruq, shamolsiz va sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

«O‘zgidromet» xabarida qayd etilishicha, respublika bo‘yicha ba'zi joylarda changli g‘ubor bo‘ladi. Havo harorati 3-8 daraja iliqdan ko‘tarilmaydi. Bu oy boshi uchun bo‘lgan me'yoriy qiymatlardan 12-15 darajaga past bo‘lib, bunga kecha Ural hududlaridan mamlakatga kirib kelgan sovuq antitsiklon sababchidir.

Dam olish kunlari sovuq antitsiklonning ta'siri asta-sekin kuchsizlashadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo harorati asta-sekin ko‘tariladi.

6 noyabr, shanba kuni havo harorati kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliqni, kunduz kuni 6-11 daraja iliqni tashkil etadi. Yakshanba kuni kechasi 0-5 daraja iliqqacha, ba'zi joylarda esa 2 daraja sovuqqacha bo‘lishi mumkin. Kunduz kuni 9-14 daraja iliqqacha isiydi.

Top