16:18 / 05.11.2021
3738
Ijtimoiy tarmoqlardan to o‘zidan qoniqmaslikkacha: yoshlarni qanday muammolar qiynaydi?

2021 yil boshida mutaxassislar yil davomida yoshlar duch keladigan 5 asosiy muammoni prognoz qilishdi. Yil tugamoqda, sizda 2021 yil davomida qanday muammolar yuzaga keldi? Maqolani o‘qing va izohlarda fikringizni yozib qoldiring.

Ta'lim va ish bilan bog‘liq muammolar

The Young Men's Christian Association tomonidan olib borilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, yoshlarning 44 foizi o‘qishi va imtihonlari haqida qayg‘uradi. Bundan tashqari, ta'lim yoshlar hayotining raqobatga boy sohasiga aylandi. Akademik standartlar har qachongidan ham yuqori, chunki har yili ko‘proq odamlar o‘qishni davom ettirishi kutilmoqda. O‘qishdagi yutuqlari bilan bir qatorda, talabalar o‘zlarining darsdan tashqari mashg‘ulotlarni (deylik, ish, amaliyotda) o‘z zimmalariga olgan holda har tomonlama rivojlangan insonlar ekanligini isbotlashlari kerak.

Foto znaewo.ru

Yoshlar har qachongidan ham ko‘proq yuqori darajadagi akademik malakaga intilayotgan bo‘lsa-da, ular mehnatga tayyor emas, degan fikrlar mavjud. Bundan tashqari, ularga kattalarga qaraganda kamroq haq to‘lanadi. Xususan, hozirgi pandemiya sharoitida o‘qishni bitirishga tayyorlanayotgan ko‘plab yoshlar shogirdlik, stajirovka va umuman, ishga joylashish borasida qanday imkoniyatlar mavjudligi borasida noaniqliklarga duch kelishmoqda.

Bu moliyaviy beqarorlik qo‘rquvining kuchayishiga olib keladi. Universitetlar va uy-joy narxi oshgani sayin, yoshlar o‘z kelajagi uchun rejalarni osongina tuza olmaydi. Ko‘pgina yoshlar maktab yoki universitetdan keyin uyda qolishga majbur bo‘ladi.

 

Ruhiy salomatlik muammolari

Biz hozir ruhiy salomatlik inqirozidamiz. Har qachongidan ham ko‘proq yoshlar ruhiy salomatlik muammolarini boshdan kechirmoqda. Bu ular hayotining barcha sohalariga ta'sir qilishi mumkin: uy, maktab, do‘stlik va munosabatlar. Hali ham ruhiy salomatlik haqida stigma mavjud va yoshlar qo‘llab-quvvatlash uchun qayerga murojaat qilishlarini tushunishlari muhim.

Foto: orenfoms.ru

The NHS (Buyuk Britaniyadagi salomatlik veb-saytlaridan biri) tomonidan e'lon qilingan yangi tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, 19 yoshgacha bo‘lganlarda ruhiy kasalliklar ko‘paymoqda.

 

Ijtimoiy tarmoqlar

Texnologiyaning rivojlanishi yoshlar hayotiga sezilarli ta'sir ko‘rsatdi. Texnologiya ajoyib vosita bo‘lishi mumkin, lekin u o‘z-o‘zini hurmat qilish va shaxsiy hayotga qanday ta'sir qilishi haqida xavotirlar ham mavjud. Ijtimoiy tarmoqlarni qiyin paytlarda oila va do‘stlar bilan bog‘lanish usuli sifatida e'tirof mumkin bo‘lsa-da, uning kamchiliklari ham yo‘q emas.

Foto: pobedarf.ru

Bu ijodiy va qiziqarli g‘oyalarni baham ko‘rishning bir usuli bo‘lsa-da, ijtimoiy media dunyosi ham murakkab, ham chalkash va jiddiy xavf-xatarlarga to‘la. Misol uchun, birinchi marta ijtimoiy tarmoqlarga kirgan yoshlar nomaqbul kontentga duch kelishi mumkin…

(Ijtimoiy tarmoqlar yoshlarni real hayotdan va atrofdan uzib qo‘yishi bilan ham ular uchun ko‘proq xavfli)

 

Tengdoshlarning bosimi

Yoshlar uchun muloqot qilish va tengdoshlarini hurmat qilish muhimdir. Ko‘plab yoshlar agar ular olomonga ergashmaslik oqibatlaridan qo‘rqadi. Bu rozilik istagi ularni ijobiy odatlarni mustahkamlashga undashi mumkin. Biroq bu ularni spirtli ichimliklar ichish, giyohvand moddalarni iste'mol qilish yoki jinoiy guruhlarga qo‘shilish kabi xavfli xatti-harakatlarga ham undashi mumkin: ayniqsa, Internetda, ijtimoiy tarmoqlar orqali.

Foto: www.nrk.no

TikTok, Instagram va hatto Snapchat kabi platformalarning rivojlanishi to‘dalar faoliyati va zo‘ravonlik harakatlari bilan bog‘liq.

 

O‘z ko‘rinishidan qoniqmaslik

Ko‘rinishidan tashvishlanish balog‘at yoshidagi ko‘plab yoshlarning hayotiga ta'sir qiladi. Instagram va Snapchat kabi ijtimoiy media ilovalarda boshqalarning tana tuzilishi va ko‘rinishi aks etgan video va rasmlar joylashtirib borilishi yoshlarda o‘z ko‘rinishga nisbatan tashvish uyg‘otadi. Chunki ayrim suratlar #BodyPositivity ya'ni pozitiv tanani ifoda etadi, biroq ular kuzatuvchilar kutgandek filtrlangan va jilo berilgan ko‘rinishni namoyon qiladi.

Foto: eschoolnews.com

YMCA tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, yoshlarning yarmidan ko‘pi (52%) o‘zlarining tashqi ko‘rinishi haqida muntazam ravishda tashvishlanadilar.

 

Noaniqlik

Biz noaniq vaqtlarda yashayapmiz: global COVID-19 pandemiyasi har bir insonning hayotiga turli yo‘llar bilan ta'sir qildi. Kelajakdagi noaniqlik ko‘plab yoshlar uchun jiddiy muammodir.

Foto: stock.adobe.com

Pandemiya ijtimoiy tengsizlikni kuchaytirdi, odamlar inqiroz vaqtida chuqur moliyaviy xavotirlarni bildirmoqda.

Top