09:33 / 05.11.2021
1893

Jizzaxda GAZ-53 yuk mashinasi ag‘darilib ketdi. Voyaga yetmagan bola vafot etdi

Videodan kadr

Jizzax viloyati Baxmal tumanida boshqaruvni yo‘qotgan GAZ-35 yuk mashinasi ag‘darilib ketgan. Oqibatda uning yo‘lovchisi 16 yoshli bola voqea joyida vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 21 oktabr kuni soat 17:20 larda Jizzax viloyati Baxmal tumanidan o‘tgan 4K247 O‘smat-Uzunbuloq avtomobil yo‘lining 14-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

1989 yilda Baxmal tumani Uzunbuloq QFYda tug‘ilgan haydovchi GAZ-35 yuk mashinasini Uzunbuloq-Zafarobod yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib ketayotganda boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetiga chiqib ag‘darilgan. Oqibatda mashina salonida yo‘lovchi sifatida ketayotgan voyaga yetmagan 2005 yilda tug‘ilgan Baxmal tumani Uzunbuloq QFYda yashovchi bola og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Baxmal tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top