20:21 / 06.11.2021
5792

Innovatsiya vazirligidan 7 istiqbolli yo‘nalishda startaplar tanlovi: unda qanday qatnashish mumkin?

Innovatsiya vazirligi respublika miqyosida yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha startap loyihalar tanlovini e'lon qildi. Ular orasida Ay-Ti va qayta tiklanuvchi energetika yo‘nalishlari ham bor.

Foto: Shutterstock

Startap loyihalarni qabul qilishda qanday shartlar qo‘yiladi?

  • Arizalar 1 noyabrdan 15 noyabrgacha qabul qilinadi.
  • Bir ishtirokchi bitta loyiha bilan ishtirok etadi.
  • Startap loyihalar asosida tayyor mahsulot, dasturiy mahsulot, xizmatlar va texnologiyalar yaratishning eng ko‘p muddati 2 yildan oshmasligi lozim?
  • Startap loyiha tashabbuskori — startap loyiha asoschilaridan bo‘lishi (kompaniya bo‘lgan taqdirda asosiy ulushdorlardan bo‘lishi).

Startap loyihalar tanlovini o‘tkazish shartlari:

  • Tanlovda ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamdagi barcha yo‘nalishdagi istiqbolli startap-loyihalarni yaratish va amalga oshirishga qaratilgan arizalar qabul qilinadi. Ular innovatsiyalar va texnologiyalarga asoslanishi shart?
  • Arizalarni yuridik va jismoniy shaxslar taqdim etishi mumkin.

Qanday sohalarda startaplar qabul qilinadi?

  • Mis sanoati;
  • Uzumchilik;
  • Ipakchilik va jun sanoati;
  • Biotexnologiya va tibbiyot;
  • Qayta tiklanuvchi energetika;
  • Qishloq xo‘jaligi;
  • Axborot texnologiyalari.

Tanlovga taqdim etiladigan loyihalar startup@mininnovation.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.

Bunda quyidagi hujjatlar asl nusxalari pdf shaklida elektron pochtaga yuborilishi lozim:

  • Startap loyiha muallifi tomonidan imzolangan ariza.
  • Startap loyiha pasporti.
  • Xarajatlar smetasi (.xls/.xlsx).
  • Startap loyiha biznes matni (imzo va muhr qo‘yilgan holda, .pdf va .doc/.docx).
  • Startap loyiha taqdimoti (10 slayd ) va planshet shaklida loyiha mazmuni to‘liq yoritilganligi (5 daqiqadan oshmaydigan video shaklida tayyorlangan ma'lumotlar ma'qullanadi).

Batafsil ma'lumotni vazirlik saytidan olish mumkin.

Top