20:52 / 06.11.2021
14340
Navoiyda qum bo‘roni tufayli 3 ta mashina to‘qnashdi. Bir kishi vafot etgan
Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

 2021 yil 4 noyabr kuni kuzatilgan qum bo‘roni tufayli Konimex tumanida 3 ta mashina ishtirokida inson o‘limi bilan bog‘liq avtohalokat sodir bo‘lgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, voqea 4 noyabr kuni soat 13:30larda Konimex tumani hududidan o‘tuvchi A-379 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. 1985 yilda tug‘ilgan U.T. boshqaruvidagi “Captiva”, 1962 yilda tug‘ilgan M.E. boshqaruvidagi “Nexia” hamda 1984 yilda tug‘ilgan A.T. boshqaruvidagi “Cobalt” mashinalari to‘qnashib ketgan. Hodisaga qum bo‘roni ko‘rinishni cheklaganligi va oraliq masofa saqlanmaganligi sabab bo‘lgan.

Oqibatda “Cobalt” rusumli avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchi olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Konimex tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq Navoiyda “Lacetti” mashinasi yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgandi.  

Top