20:25 / 06.11.2021
18355

Ta'limga eng ko‘p pul sarflaydigan davlatlar qaysilar?

Ma'lumotlarga ko‘ra, ta'limga eng ko‘p pul sarflaydigan davlat Norvegiya bo‘lib, ularda YaIM (yalpi ichki mahsuloti)ning 6,7 foizi yo‘naltiriladi.

Foto: edition.cnn.com

Ta'lim haqida gap ketganda, butun dunyo bo‘ylab nafaqat yutuqlar darajasida, balki mamlakatning ushbu sohaga sarmoya kiritish uchun sarflanayotgan resurslari miqdorida ham katta tafovut mavjud. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining so‘nggi (2018 yilgi) hisobotiga ko‘ra, Norvegiya o‘z yalpi ichki mahsulotining eng katta ulushini ta'limga (oliy ta'limni qo‘shib hisoblaganda) — 6,7 foizni sarflaydi. Tahlil qilinayotgan mamlakatlar miqyosining boshqa tomonida esa Rossiya atigi 3,4 foiz sarflaydi.

Qaysi davlatlar qancha miqdorda?

Norvegiya — (YaIMning) 6,7 foizi;

Yangi Zelandiya — 6,2 foiz;

Buyuk Britaniya — 6,1 foiz;

AQSh —6,0 foiz;

Kanada — 5,8 foiz;

Fransiya — 5,2 foiz;

OECD (Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti) — 4,8 foiz;

Ispaniya — 4,3 foiz;

Germaniya — 4,3 foiz;

Italiya — 4,1 foiz;

Yaponiya — 4,0 foiz;

Rossiya — 3,4 foiz.

Ko‘rib turganingizdek, bu davlatlar orasida ancha boy va rivojlangan mamlakatlarni ko‘rasiz. Shuningdek, bir narsani inobatga olish kerakki, O‘zbekiston kabi davlatlar YaIMining 6,7 foizi Norvegiya kabi rivojlangan davlatlar YaIMning 6,7 foiziga teng emas.

Bu miqdorlarni pulga chaqsak, 2018 yilda Norvegiyaning YaIMi 437 milliard dollar bo‘lgan.

Hisoblab olarsiz-a?! 

Top