12:26 / 07.11.2021
4435
Mexikodagi yo‘l-transport hodisasida 19 kishi halok bo‘ldi

Meksikaning Mexiko – Pueblo trassasida yuk mashina San-Markos – Uikstoko pulli yo‘lidan o‘tish uchun navbatda turgan bir nechta mashinani urib yubordi. Buning oqibatida 19 kishi halok bo‘lgan, deb xabar berdi El Diario de Coahuila nashri.

Foto: AP / EL DIARIO

Ma'lum qilinishicha, qurbonlar orasida bolalar bor. Shuningdek, 6 kishi og‘ir ahvolda qolmoqda.   

Yo‘l-transport hodisasiga yuk mashinasining tormozi ishlamay qolgani sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.  

Yuk mashinasi 200 litrdan ko‘proq benzin olib ketayotgan bo‘lgan. Ko‘pchilik halok bo‘lganlar o‘z mashinalarida yonib ketgan.

Yuk mashinasi haydovchisi ham halok bo‘lgan. Voqea joyida qutqaruvchilar ish olib borgan. 

Top