20:26 / 07.11.2021
19073
To‘lib-toshgan ombor va tanazzulga uchragan biznes: xayolingizga ham kelmagan bir haqiqat

So‘nggi 2-3 yil ichida kiyim-kechak, kosmetika, maishiy texnika va boshqa tovarlar sotiluvchi do‘konlar soni haddan ziyod ortgani hech kimga sir bo‘lmasa kerak. Ularni deyarli har bir bino, har bir ko‘chada uchratish mumkin. Biz global iste'molchilik (chegara bilmas xaridlar) borasidagi musobaqaga qadam bosdik va bu esa o‘z navbatida odamlarda mablag‘lar va yoki qarzdorlik ortib borayotganidan darak beradi, bu tashvishlanishga arzigulik holatdir. Biroq, bugungi mavzu bu haqda emas.

Men sizga bir do‘stimning kiyim-kechaklar do‘koni bilan bog‘liq hikoyani aytib bermoqchiman. Do‘stimni doimo kiyim-kechaklarning yangi to‘plamini xarid qilish oldidan pul tanqisligi muammosi qiynab kelardi, eng yomoni esa u buning asl sababini tushuna olmasdi. Men esa sizga hozir ushbu tashvishli holatlarning asl sababi va ularning yechimi borasida shu yili yoz faslida unga qanday yordam berganim haqida batafsil aytib beraman.

Erkaklar kiyim-kechak do‘koni 4 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Do‘kon egasi to‘plamlarni (premium klassdagi turk brendlari) tanlashda o‘ta jiddiy yondashadi. Ammo biznesning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, butun to‘plamni to‘laqonli ravishda sotish deyarli imkonsiz. Shu sababli omborda tovarlar muntazam ravishda ortib boradi.

Bu muammo zamonaviy tilda “zatovarivaniye” (“to‘lib-toshgan ombor”) deyiladi. Chunki ushbu holatda ombordagi kiyim-kechaklar, shunchaki tovar moddiy zaxiralari qoldig‘ini emas, balki, eng avvalo, ularni xarid qilish sababli muzlatilgan pul mablag‘larini o‘zida aks ettiradi. Bundan tashqari, avvalgi to‘plamlar tez orada urfdan qolib, ahamiyatsiz bo‘lib qoladi, ya'ni endilikda ularni sotish yana ham qiyin bir masalaga aylanadi. Hattoki, pulning o‘zi ham qadrsizlanishi, ayniqsa, bizning holatimizda hech kim uchun sir emas.

Agar ushbu tovarlarni imkon boricha tez fursatda sotmasangiz, keyin ularni ancha arzon narxda sotishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bundan tashqari, katta miqdordagi ombor zaxiralari o‘g‘rilikni keltirib chiqarishi ehtimoldan xoli emas! Va albatta, ombordagi haddan ziyod zaxiralar biznes aylanmasini keskin kamaytiradi. Sotilmagan tovarlarda muzlatilgan pul mablag‘larini (ba'zan yillar davomida saqlanadi) bu vaqt oralig‘ida bir necha marta aylantirish va shu orqali ko‘p foyda orttirish mumkin edi.

Muammolar aniq ekan, ularga yechim topish kerak. Marhamat!

1. Biz omborni to‘liq inventarizatsiya qildik (aslida ushbu jarayon muntazam ravishda amalga oshirilishi kerak: to‘liq va qisman - to‘satdan). Inventarizatsiya natijalari asosida tovar qoldiqlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar reyestri shakllantirildi va uni haqiqiy mavjud qoldiq bilan taqqosladik. Tabiiyki, tafovutlar bor edi va biz ularni zarar sifatida qayd etdik (albatta, muntazam va to‘liq inventarizatsiya qilinmagan do‘konda tafovutlar bo‘lmay iloji yo‘q). Lekin endilikda qaysi tovar qancha miqdorda borligi haqida aniq ma'lumotlar shakllangan edi, ularni tahlil qilish orqali esa tegishli qarorlarni qabul qilish imkoniga ega bo‘lgandik.

2. ABC tizimi - assortiment tahlili usuli yordamida savdoni tahlil qilib chiqdik. Bu bizga qaysi mahsulot yaxshi, qaysi biri yomon sotilishi yoki butkul sotilmasligini tushunish imkonini berdi. Biz har bir mahsulotning tushumdagi ulushini aniq hisoblab chiqdik va ulardan ko‘proq tushum va/yoki foyda marjasiga ega bo‘lganlarini alohida qayd etib oldik. O‘z navbatida, yuqori tadbirlar bizga qaysi mahsulot turlarini ko‘proq xarid qilish, qaysilaridan voz kechish, qaysi turlarga chegirma taqdim etish va qanday mahsulotlarni arzonroq narxda bo‘lsa ham sotib yuborish va hokazolarni anglab olishga imkon yaratdi.

Asosiy maqsad-omborni bo‘shatish va biznesga zarar yetkazmagan holda pul mablag‘larini chiqarib olish edi.

3. Sodiq mijozlar tizimi yanada takomillashtirildi. Biz ABC-tahlilni nafaqat mahsulot assortimenti uchun, balki mijozlar tahlili uchun ham qo‘lladik: biz eng ko‘p daromad keltiradigan xaridorlar guruhini aniqladik. Ular uchun o‘ziga xos bonus tizimi ishlab chiqildi: unda chegirmalar xaridlar miqdoriga asoslangan edi. Insonlarga doimo bonuslar xush keladi, biz esa muntazam mijozlarimiz borligidan mamnun bo‘lamiz.

4. Do‘kon egasi uchun bir qancha muhim muntazam hisobotlarni ishlab chiqdik. Misol uchun, har oyda u savdo haqida batafsil hisobot oladi (mahsulot turkumi, chegirmalar, qoldiqlar va boshqalar to‘g‘risida). Bu unga to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi.

Bu chora-tadbirlarning ombordagi mahsulot zaxiralari keskin kamayishiga, aylanma harakat davri qisqarishiga, daromad va foyda o‘sishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatdi.

Biznesni shunchaki ko‘pchilikka o‘xshab betartib boshqarish ham, haqiqiy ishbilarmonlarga xos tarzda savod bilan boshqarish ham mumkin. Keyingilar doimo o‘sib, kengayib va o‘z mavqelarini mustahkamlab boradilar. Agarda siz ham biznesingizni savod bilan boshqarish, biznes moliyasini teran anglash, muntazam ravishda va bepul maslahatlarni olishni istasangiz, MM "MUFEED MOLIYA" kanaliga ulanib oling.

Top