14:25 / 08.11.2021
2472

AQSh koronavirusga qarshi to‘liq emlangan turistlar uchun chegaralarini ochmoqda

Xorijlik turistlar parvozdan oldin vaksinatsiya to‘g‘risidagi sertifikat, oxirgi uch kun ichida topshirilgan manfiy natijali PZR-test va aloqa ma'lumotlarini taqdim etishi lozim.

Foto: Fotolia / NicoElNino

AQSh ikki yillik taqiqdan so‘ng koronavirusga qarshi to‘liq emlangan turistlar uchun chegaralarini ochmoqda, deb xabar berdi BBC.

Qayd etilishicha, xorijlik turistlar parvozdan oldin vaksinatsiya to‘g‘risidagi sertifikat, oxirgi uch kun ichida topshirilgan manfiy natijali PZR-test va aloqa ma'lumotlarini taqdim etishi lozim. Turistlar AQShga kelganidan so‘ng karantinga olinmaydi.

AQShga taqiq COVID-19 pandemiyasi sababli sobiq prezident Donald Tramp tomonidan joriy etilgandi.

Meksika va Kanada bilan chegaralar ham ochiladi, bu mamlakatlardan keladigan turistlardan manfiy natijali PZR-test talab qilinmaydi.

Pandemiya boshlanganidan buyon AQShda 47 mln kishi koronavirus yuqtirgan, 775 mingga yaqin bemor vafot etgan.

Top