20:26 / 08.11.2021
10067

«Barselona» Xavining tanishtiruv marosimini o‘tkazdi

«Barselona» Xavini bosh murabbiyi sifatida rasman tanishtirdi.

Foto: Barselona

41 yoshli kataloniyalik sobiq futbolchi klub prezidenti Joan Laporta hamrohligida minglab muxlislar qarshisida «Kamp Nou» maydonga chiqib keldi.  

Muxlislar Xavi nomini olqishlashdi u esa barchaga minnatdorchilik bildirdi: «Klub va barcha muxlislarga rahmat. Faqat shuni ayta olaman – biz jahonning eng yaxshi klubimiz va ko‘p sovrinlar yutish uchun ishlaymiz».

Shundan so‘ng Laporta va Xavi shartnomani imzolab, muxlislar bilan klub madhiyasini kuylashdi.

Avvalroq, «As-Sadd» 5 million yevro tovon puli evaziga murabbiyni qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgani va Xavi «Barsa» bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzolashi haqida xabar berilgandi.

Top