15:25 / 08.11.2021
3088

Daniya koronavirus yuqtirish holatlari ko‘paygani sababli yaqinda bekor qilingan cheklovlarni yana tiklashi mumkin

Mamlakatda vaksinatsiya darajasi yuqoriligi hisobga olinib, barcha cheklovlar, jumladan, jamoat joylarida niqob taqish talabi bekor qilingandi.

Foto: Davali/MTI/MTVA

Daniya hukumati sentyabrda bekor qilingan koronavirus cheklovlarini yaqin vaqt ichida qayta tiklashi mumkin. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Mette Frederiksen o‘zining Facebook sahifasida ma'lum qildi.

Sentyabr oxirlarida kunlik holatlar soni 300 dan pastga tushgandi. Mamlakatda vaksinatsiya darajasi yuqoriligi (75 foizdan ortiq) hisobga olinib, barcha cheklovlar, jumladan, jamoat joylarida niqob taqish talabi bekor qilingandi.

Ammo oxirgi vaqtda kasallik yuqtirish holatlari soni o‘sib bormoqda. So‘nggi haftada sutkalik holatlar soni 2111taga yetdi.

Pandemiya boshlanganidan buyon Daniyada kasallikka chalinish bilan bog‘liq 400 mingdan ortiq holat qayd etilgan, 2,7 mingdan ziyod bemor vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top