08:17 / 08.11.2021
15440
IIV tizimida ikkita lavozim tayinlovi amalga oshirildi

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Jamshid Dilshodovich Isroilov / Foto: IIV axborot xizmati

IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, mayor Jamshid Dilshodovich Isroilov IIV Akademiya boshlig‘ining axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Umidjon Hasanovich Adizov / Foto: IIV axborot xizmati

Polkovnik Umidjon Hasanovich Adizov Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar U.Adizov Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Top