19:25 / 08.11.2021
7714

«Matonat» filmi xalqaro kinofestivalda mukofotlandi

Foto: Kinematografiya agentligi axborot xizmati

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan «Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi» DUK tomonidan suratga olingan «Matonat» hujjatli filmi Artemis distribyutorlari assotsiatsiyasi tomonidan Sloveniya davlatida bo‘lib o‘tgan kinofestivalda mukofotlandi. Bu haqda Kinematografiya agentligi axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, mazkur film Kinematografiya agentligi va Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorlikda suratga olingan. Unda II jahon urushida qatnashgan 101 o‘zbekistonlik yurtdoshimizning urushda g‘alabaga qo‘shgan hissasi hamda Gollandiyaning Amersfort shahrida joylashgan konslagerlarda halok bo‘lgan o‘zbek askarlarining taqdiri haqida hikoya qilinadi.

«Matonat» filmi Roziqa Mergenbayevaning shu nomdagi ssenariysi asosida rejissyor Shuhrat Mahmudov tomonidan suratga olingan.

Top