23:41 / 08.11.2021
6446
Migratsiya inqirozi: Belarus Yaqin Sharq bilan aviaqatnovlar sonini ko‘paytirayotgani xabar qilindi

Germaniya huquqni himoya qilish organlari Belarusga har kuni 800-1000 nafar migrant kelayotganini taxmin qilmoqda.

Foto: YeRA/TASS

Belarus Yaqin Sharq mamlakatlari bilan aviaqatnovlar sonini oshirmoqda, deb xabar berdi Interfaks Die Welt gazetasiga tayanib.

“Aleksandr Lukashenko Polshaning YeI bilan sharqiy chegarasi orqali Germaniyaga noqonuniy migratsiyani qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. Minsk aeroportining yangi rejasiga ko‘ra, martgacha Istanbul, Damashq va Dubaydan haftasiga 40ga yaqin reyslar rejalashtirilgan. Hozirda migrantlar bu aeroportlardan Belarusga to‘g‘ridan to‘g‘ri parvoz qilish uchun foydalanmoqda. Shu tarzda, parvozlar soni 2019/2020 yil qishidagiga nisbatan ikki baravarga oshadi”, – deb yozadi nashr.

Polsha va Belarus chegarasidagi vaziyat ikki mamlakat chegarasida Yaqin Sharq va Afrikadan kelgan yuzlab migrantlar to‘planganidan so‘ng murakkablashdi. Germaniya huquqni himoya qilish organlari Belarusga har kuni 800-1000 nafar migrant kelayotganini taxmin qilmoqda.

Mamlakat rejimi ularning YeIga o‘tishiga yordam bermoqda, deb yozadi gazeta.

Xabarlarga ko‘ra, 8 noyabr kuni kunduzi migrantlar xodalar bilan chegaradagi simto‘siqlarni buzishga harakat qilishgan. Polshalik chegarachilar ularga qarshi ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llagan.

Mavzuga oid
Top