14:00 / 08.11.2021
31915

Toshkentdagi Magic City'da ommaviy tartibsizlik yuz berdi

Majmua qo‘riqchilari va shar sotuvchi yigitlar o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Kun.uz manbalariga ko‘ra, voqeada o‘qotar quroldan foydalanilgan bo‘lishi mumkin.

Kun.uz ixtiyoriga Toshkent shahrida yuz bergan ommaviy janjal videosi kelib tushdi.

Ma'lum bo‘lishicha, 6 noyabr kuni Toshkent shahridagi Magic City majmuasi atrofida gaz to‘ldirilgan sharlarni sotuvchi yigitlar va majmuaning qo‘riqlash xizmati xodimlari o‘rtasida janjal kelib chiqqan.

Kun.uz manbalariga ko‘ra, ommaviy janjalda o‘qotar quroldan foydalanilgan bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, videoda ham qurol ovozidan keyin sotuvchi yigitlar avtomobillarga chiqib qochib ketayotgani aks etgan.

Hozircha janjal sabablari ma'lum emas. Vaziyatdan xabardor manbalar hududiy ichki ishlar bo‘limiga xabar berilganini hamda holat yuzasidan surishtiruv boshlanganini ma'lum qildi.

Top