11:01 / 08.11.2021
680
Urgutda fuqaroga texnikumni tamomlagani haqida diplom olib berishni aytib 1000 dollar olgan direktor o‘rinbosari ushlandi
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Samarqand viloyati Urgut tumanida fuqaroga texnikumni tamomlagani haqida diplom olib berishni aytib 1000 AQSh dollari olgan direktor o‘rinbosari ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «Gulobod agrobiotexnologiyalar texnikumi» direktori o‘rinbosari I.Sh. qo‘lga olingan.

U fuqaro U.ni o‘zi ishlayotgan texnikumga o‘qishga kiritib, 2021-2022 o‘quv yili yakuni bilan unga diplom olib berishni va'da qilib, evaziga 1 000 dollar olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top