08:36 / 08.11.2021
2205
Xorazmda «Lasetti» poyezd bilan to‘qnashdi, 2 kishi halok bo‘ldi

3 noyabr kuni Xorazm viloyati, Hazorasp tumani, Karvak qishlog‘idan o‘tgan mahalliy yo‘ldagi qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasida yo‘l-transport hodisasi bilan bog‘liq fojia yuz berdi.

Foto: Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Soat 17:40 larda Karvak qishlog‘ida yashagan 48 yoshli fuqaro «Lasetti» rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, temir yo‘l kesishmasidagi Stop yo‘l belgisiga amal qilmasdan, harakatni davom ettirgan va ayni shu vaqtda «Shovot – Toshkent» yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan yo‘lovchi poyezdi bilan to‘qnashgan.

Oqibatda haydovchi va avtomobil ichidagi 25 yoshli yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. 

Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top