09:54 / 09.11.2021
784
Mashina sotib olishini aytib surxondaryolik fuqaroni chuv tushirgan andijonlik shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Mashina sotib olishini aytib surxondaryolik fuqaroni chuv tushirgan andijonlik shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Muzrabot tumani Chegarachi mahallasida yashovchi, S.S. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Uning arizasiga ko‘ra, S.S. 2021 yil 5 iyul kuni telegram kanalida sotuvga qo‘yilgan Nexia mashinasini sotib olmoqchi bo‘lgan. Narx kelishilgandan so‘ng, Nexia mashinasini sotuvga qo‘ygan shaxs S.S.dan pulni plastik kartasiga tashlab berishini so‘ragan.

2021 yil 5 iyul kuni 2 million so‘m, 8 iyul kuni 2 million 160 ming so‘m pulni sotuvchining plastik kartasiga tashlab bergan. Shundan so‘ng sotuvchi telefon raqamini o‘chirib tashlagan.

Muzrabot tuman IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi va IIV Tezkor-qidiruv hamkorlik boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri natijasida ushbu shaxs, Andijon viloyati Andijon tumanida yashovchi G.G. ekani aniqlangan.

Qayd etilishicha, 2021 yil 21 oktabr kuni G.G.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top