18:49 / 09.11.2021
4697
Mehnat muhojirlari Rossiya patenti uchun tibbiy ko‘rikdan O‘zbekistonda o‘tishlari mumkin - TMMA

Rossiyada ishlashni rejalashtirgan mehnat muhojirlari patent va mehnat shartnomasidan boshqa aksar hujjatlarni O‘zbekistonda rasmiylashtirishlari mumkin.

Qurilish sohasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun 10 ming o‘zbekistonlik mutaxassisni Rossiya Federatsiyasiga tashkiliy tarzda ishga jo‘natish loyihasi doirasida ularni O‘zbekiston hududida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tashkil etiladi.

Shu maqsadda, rossiyalik 40 nafar tibbiyot xodimi zaruriy tibbiy anjomlar va asbob-uskunalar bilan O‘zbekistonga yetib kelgan. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari Xayrulla Umarov ma'lum qildi.

“Ushbu loyiha doirasida nomzodlarni ishga jalb qilish bilan bog‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, emlash, rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha imtihon topshirish, patent rasmiylashtirish va transport xarajatlarini qoplash Rossiya ish beruvchilari tomonidan qoplanishi nazarda tutilmoqda”, – dedi Xayrulla Umarov.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil sentabr oyida RF Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi, qator davlat tashkilotlari va yirik ish beruvchi korxonalar vakillaridan iborat delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida mehnat migratsiyasi masalalariga bag‘ishlangan muzokaralar o‘tkazilib, qurilish sohasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun o‘zbekistonlik o‘n ming fuqaroni soddalashtirilgan tartib asosida Rossiyaga ishga jalb qilishga kelishilgan edi.

Top