10:08 / 10.11.2021
9283
143 nafar afg‘on uchuvchisi Tojikistonni tark etdi

Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga toliblar kelgandan keyin Tojikistonga qochib o‘tgan 143 nafar afg‘on uchuvchisi 10 noyabrga o‘tar kechasi AQSh yordamida respublikani tark etdi.

Foto: AP

Afg‘on uchuvchilari Kobulni 15 avgustda tark etgan edi.

Tojikistonni uchuvchilar bilan birga bir nechta afg‘on oilasi, jumladan jurnalistlar ham tark etgan. Ular BAAga olib ketilgan.

OAVda ma'lum qilinishicha, avvalroq AQShning Dushanbedagi elchixonasi Tojikistondan uchinchi davlatga va u yerdan AQShga 191 nafar afg‘onni, jumladan uchuvchilarni olib chiqmoqchiligini tasdiqlagan. Ma'lumotlarga ko‘ra, uchuvchilar orasida 2 nafar homilador ayol bor. 

Top