23:33 / 10.11.2021
2430
AQShda bir hafta ichida 11 yoshgacha bo‘lgan 900 mingga yaqin bola koronavirusga qarshi emlandi

2 noyabr kuni AQSh kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish markazi 5-11 yoshgacha bo‘lgan bolalarni Pfizer vaksinasi bilan emlashga ruxsat bergandi.

AQShda bir hafta davomida 11 yoshgacha bo‘lgan 900 mingga yaqin bola koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasi bilan emlandi.

Besh yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar 20 mingta dorixona, klinika va shifokorlar kabinetlarida vaksina olishlari mumkin.

2 noyabr kuni AQSh kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish markazi 5-11 yoshgacha bo‘lgan bolalarni Pfizer vaksinasi bilan emlashga ruxsat bergandi.

Vaksina 10 mkg miqdordagi ikki dozada kiritiladi, bu 12 yoshdan kattalar qabul qiladigan miqdorning uchdan bir qismini tashkil etadi. Dozalarni kiritish uch hafta oraliqda amalga oshiriladi.

Mavzuga oid
Top