23:32 / 10.11.2021
13859

Isroil Eron bilan ehtimoliy urushga tayyorlanmoqda - OAV

Isroil Eronga yadro qurolini yaratishga imkon bermaslik uchun harbiy kuch qo‘llashga tayyor. Tehron esa uning yadro dasturi tinch ko‘rinishga egaligini ta'kidlamoqda.

Foto: EPA

Isroil Eron bilan urush ehtimoliga tayyorlanmoqda. U Eronni real xavf deb hisoblamoqda va Tehronga yadro qurolini yaratishda xalaqit qilish uchun harbiy kuch qo‘llashidan ogohlantirgan. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.

Isroil armiyasi shtabi boshlig‘i general-leytenant Aviv Koxavining ta'kidlashicha, isroillik harbiylar “Eronga qarshi kurashga va yadroviy xavf holatiga tayyorgarligi va rejalarini jadallashtirgan”. 

“Agar Eron yadro quroliga ega bo‘lmoqchi bo‘lsa, biz unda harakat qilmog‘imiz lozim”, deb aytgan Isroil tashqi ishlar vaziri Yair Lapid.

Avvalroq Eron yadro quroli yaratish ostonasida ekani ma'lum qilingan. The New York Times nashrining xabar berishicha, Tehron yadro qurolini yaratishga hozirdagidek hech qachon yaqin bo‘lmagan.

Mavzuga oid
Top