15:00 / 10.11.2021
7816

“Musofir yurtga umid bilan kelgandim” – bemor yurtdoshimiz xorijda qiyin ahvolda qolmoqda

3 farzandning ota-onasi hozir Hindistonda. Jigar ko‘chirish operatsiyasi uchun borgan oila koronavirus sabab barcha mablag‘ini ishlatib bo‘lgan va 5 oydan buyon operatsiya qilinmagan. Ayni paytda ularning ortga qaytish uchun ham, muolajani davom ettirish uchun ham imkoniyatlari yo‘q.

Hilola Rahmonova Surxondaryo viloyatining Angor tumanida istiqomat qiladi. Unda jigar sirrozi tashxisi aniqlangan va uzoq muddatli davolanishlardan so‘ng oxirgi imkoniyat jigar ko‘chirish operatsiyasi ekanligi aytilgan. 3 farzandi onasiz qolishini istamagan turmush o‘rtog‘i unga donorlik qilishga rozi bo‘ladi. Bundan 5 oy avval oila barcha imkoniyatlarini ishga solib Hindistonga yetib borishgan. Ammo u yerda kutilmaganda chorasiz vaziyatda qolishadi.

“Jigar ko‘chirish operatsiyasi uchun turmush o‘rtog‘im bilan birga Hindistonga kelgan edik. U menga donorlik qilmoqchi edi. Bu yerga kelganimizdan keyin to‘satdan koronavirusga chalinib qoldi. 15 kun reanimatsiya bo‘limida yotishiga to‘g‘ri keldi. Jigar ko‘chirish muolajasiga deb olib kelgan barcha mablag‘imizni uni davolatishga ishlatib qo‘ydik.

Pulimizni ishlatib bo‘lganimiz uchun hali operatsiyani o‘tkaza olmadik.

Farzandlarim hali juda yosh. Kenjam 2,5 yoshda, ularni sog‘inib ketdim. Musofir yurtga umid bilan kelgan edik, qiynalib qoldik”, deya O‘zbekistondagi saxovatli yurtdoshlariga murojaat yo‘lladi bemor.

Hilola Rahmonovaga oid ma'lumotlar:

UzCard: 8600 0609 9721 5786 Rahmonova Hilola nomida

Sberbank: 4817 7601 3106 7898 qarindoshi Zulxumor Boboyeva nomida

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top